Сайт работает в тестовом режимеСайт тест режимде ислеп турыптиСайт тест режимда ишлаб турибти
Gerb

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qoraqalpog‘iston loyihalari markazi

+998 61-222-74-34

Imtiyoz va yengilliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida

Imtiyoz va yengilliklar mazmuniHuquqiy asosBatafsil
1.Qiymati 100 ming AQSH dollaridan 500 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchilar uchun yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-10-son Farmoni, 27.01.2025 y.-
2.Milliy valyutada loyihalarini moliyalashtirish uchun yillik 14 foiz stavkada, 7 yilgacha muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-10-son Farmoni, 27.01.2025 y.-
3.Kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish uchun yillik 14 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli-davr bilan 12-oy muddatga kreditlar sug‘urta ta’minoti bilan garovsiz ajratiladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 331-son qarori, 27.05.2025 y.https://lex.uz/docs/7545508
4.Sanoat korxonalarining foydalangan elektr energiyasi narxlariga chegirmalar beriladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 194-son qarori, 31.03.2025 y.https://lex.uz/docs/7458466
5.Majburiyatlarni to‘liq bajargan sanoat zonalari ishtirokchilari bino-inshootlarni belgilangan muddatidan qat’iy nazar xususiylashtirishi mumkin. Shuningdek, xususiylashtirilayotgan yer uchastkalari narxi boshqa hududlarga nisbatan 10 baravarga pasaytirilgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-248-son qarori, 4-bandi, 14.08.2025 y.https://lex.uz/docs/7685398
6.Noruda foydali qazilmalarni qayta ishlashni tashkil qilgan tadbirkorlarga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni beriladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-248-son qarori, 4-bandi, 14.08.2025 y.https://lex.uz/docs/7685398
7.Barcha shahar va tumanlarda yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqaruvchilarga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi. Bunda tadbirkorlarga qulay soliq va bojxona imtiyozlari tatbiq qilinadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-66-son qarori, 3 va 10-bandlari, 09.02.2024 y.https://lex.uz/docs/6797659
8.2031-yil 1-yanvarga qadar Moʻynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlariga foyda soligʻini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari boʻyicha; yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida toʻlaydi.Soliq kodeksi, 483-modda 16-qismhttps://lex.uz/docs/4674902
9.2028-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlarida (Nukus shahridan tashqari) faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha soliq stavkalari 2 baravar pasaytirilgan; ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida toʻlanadi.Soliq kodeksi, 483-modda 39-qismhttps://lex.uz/docs/4674902
10.Tadbirkorlar tomonidan qiymati 50 milliard so‘mdan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan bo‘lsa, zarur infratuzilma obyektlari davlat tomonidan yaratib beriladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-25-son Farmoni, 2-bandi, 23.11.2021 y.https://lex.uz/docs/5739825
11.2027-yil 1-yanvarga qadar auksionda sotib olingan davlat ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini 7-10-yilga bo‘lib to‘lash yohud 3 oy ichida to‘liq to‘langanda 25 foiz chegirma beriladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-264-son qarori, 1-bandi, 30.05.2022 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-10-son Farmoni, 27.01.2025 y.https://lex.uz/docs/6039685
12.Sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining 30 foizi (biroq 150 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi) hamda qish va bahor oylarida sovitkichli sigʻimlarning elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 632-son qarori, 29.11.2023 y.https://lex.uz/docs/6680539
13.3 yulduzli toifaga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalarning har bir xonasiga 20 million soʻmdan subsidiya ajratiladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 287-son qarori, 16.05.2024 y.https://lex.uz/docs/6930272
14.2026-yil 31-dekabrga qadar Chimboy, Xoʻjayli, Beruniy va Nukus tumanlarida quriladigan mehmonxona va kichik otellarning har bir xonasiga 10 milliondan 20 milliongacha subsidiya ajratiladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 919-son qarori, 30.12.2024-y.https://lex.uz/docs/6980553
15.2027-yil 1-yanvarga qadar Amudaryo, Ellikqalʼa, Moʻynoq va Taxtakoʻpir tumanlarining togʻli va choʻl hududlarda turizm xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga 80 milliondan 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 383-son qarori, 19.06.2025-y.https://lex.uz/docs/7584573
16.Qoraqalpogʻiston Respublikasida qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan sunʼiy intellekt infratuzilmasini yaratish loyihalari boʻyicha investorlarga imtiyoz va preferensiyalar maxsus paketi taqdim etiladi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-189-son Farmoni, 22.10.2025-y.https://lex.uz/docs/7790236
17.Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlar markazlarini olis hududlar bilan bogʻlovchi shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo norentabel muntazam avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararning 40 foizgacha miqdori qoplab beriladi.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 725-son qarori, 14.11.2025-y.https://lex.uz/docs/7842967
18.Tuzni qayta ishlash uchun tashkil etiladigan “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-333-son qarori, 03.11.2025-y.https://lex.uz/docs/7812318
19.“Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasida yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, mahalliy aholini ishga qabul qilish uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarini tashkil etgan investorlarga oʻqitish bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplab beriladi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-333-son qarori, 03.11.2025-y.https://lex.uz/docs/7812318

Bogʻlanish

Yuklab olish PDF: