Muassasa haqida
“Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi
📅 02.02.2025 18:13:09
👁 0
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta asosiy yo‘nalishni, ya’ni qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish maqsadida Loyiha ofisi tashkil etildi. Loyiha ofisi - Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, sarmoyalar va innovatsiyalar orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va xorijiy hamkorlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda ish olib boradi. Mazkur tuzilma har bir tumanning o‘sish nuqtalarini tahlil qilib va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqib, sohasi bo‘yicha qanday ishlar qilinishi kerakligini ko‘rsatadi va joriy etadi. Masalan, qishloq xo‘jaligi sohasida qanday ekinlarni yetishtirish, yerdan daromadni ko‘paytirishga yordam beradi. Xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha loyihalar tayyorlab, hokimlarga yetkazadi. Yangi turizm yo‘nalishlarini ochish va ularga infratuzilma olib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Undan tashqari “Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi - sarmoya loyihalarining borishi va monitoringi, bandlik va eksport rejalari ta’minlanishini alohida nazorat qilish, nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilib, hududning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Bizning vazifamiz — hududning iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik salohiyatini aniqlash, yangi g‘oya va tashabbuslarni davlat va xususiy sektor bilan hamkorlikda amaliyotga tatbiq etish.
Asosiy yo‘nalishlarimiz:- Loyihalarni ishlab chiqish va strategiya - mahalliy va xalqaro darajadagi loyihalarni tahlil qilish, ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Investorlar bilan ishlash - xorijiy va mahalliy investorlar bilan muloqot o‘rnatish, ularga qulay muhit yaratish, ishonchli hamkorlik platformasini tashkil etish;
- Tahlil va tadqiqot - Sohaviy tahlillar, bozor tadqiqotlari va ehtiyojlari, demografiya va infratuzilma imkoniyatlarini o‘rganish;
- Tadbirkorlar bilan ishlash - Tadbirkorlarga maslahat va metodik yordam ko‘rsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va ayollar loyihalarini rag‘batlantirish;
- Koordinatsiya va monitoring - davlat organlari, TDI, mahalliy hokimiyatlar va boshqa hamkorlar bilan loyihalarni muvofiqlashtirish, davlat va xususiy sektor o‘rtasida muloqot maydonini yaratish;
Missiyamiz: Qoraqalpog‘iston Respublikasida barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan loyihalar orqali hududiy taraqqiyotni tezlashtirish.
Biz Qoraqalpog‘istonning kelajagi — uning intellektual kapitali, tabiiy resurslari va xalqining tashabbuskorligidir, deb hisoblaymiz. Shu boisdan biz har bir g‘oya, har bir tashabbus va har bir fuqaroning fikri qadrli, deb bilib ishlaymiz.
