Gerb
“Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni
amalga oshirish markazi” loyiha ofisi
Phone
Контакты

+998 61 222-74-34

Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar toʻgʻrisida

T/r Imtiyoz va yengilliklar mazmuni Huquqiy asos Batafsil
1 Qiymati 100 ming AQSH dollaridan 500 ming AQSH dollarigacha boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchilar uchun yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ajratiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-10-son Farmoni, 27.01.2025-y. X
2 Milliy valyutada loyihalarini moliyalashtirish uchun yillik 14 foiz stavkada, 7 yilgacha muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-10-son Farmoni, 27.01.2025-y. X
3 Kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish uchun yillik 14 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar sugʻurta taʼminoti bilan garovsiz ajratiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 331-son qarori, 27.05.2025-y. https://lex.uz/docs/7545508
4 Sanoat korxonalarining foydalangan elektr energiyasi narxlariga chegirmalar beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 194-son qarori, 31.03.2025-y. https://lex.uz/docs/7458466
5 Majburiyatlarni toʻliq bajargan sanoat zonalari ishtirokchilari bino-inshootlarni belgilangan muddatidan qatʼiy nazar xususiylashtirishi mumkin. Shuningdek, xususiylashtirilayotgan yer uchastkalari narxi boshqa hududlarga nisbatan 10 baravarga pasaytirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-248-son qarori, 4-bandi, 14.08.2025-y. https://lex.uz/docs/7685398
6 Noruda foydali qazilmalarni qayta ishlashni tashkil qilgan tadbirkorlarga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni beriladi.   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-248-son qarori, 4-bandi, 14.08.2025-y. https://lex.uz/docs/7685398
7 Barcha shahar va tumanlarda yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportbop va import oʻrnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqaruvchilarga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi. Bunda tadbirkorlarga qulay soliq va bojxona imtiyozlari tatbiq qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-66-son qarori, 3 va 10-bandlari, 09.02.2024-y. https://lex.uz/docs/6797659
8 2031-yil 1-yanvarga qadar Moʻynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlariga foyda soligʻini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari boʻyicha; yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida toʻlaydi. Soliq kodeksi, 483-modda 16-qism https://lex.uz/docs/4674902
9 2028-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlarida (Nukus shahridan tashqari) faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha soliq stavkalari 2 baravar pasaytirilgan; ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida toʻlanadi. Soliq kodeksi, 483-modda 39-qism https://lex.uz/docs/4674902
10 Tadbirkorlar tomonidan qiymati 50 milliard soʻmdan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan boʻlsa, zarur infratuzilma obyektlari davlat tomonidan yaratib beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-25-son Farmoni, 2-bandi, 23.11.2021-y. https://lex.uz/docs/5739825
11 2027-yil 1-yanvarga qadar auksionda sotib olingan davlat koʻchmas mulk obyektlari qiymatini 7-10 yilga boʻlib toʻlash yohud 3 oy ichida toʻliq toʻlanganda 25 foiz chegirma beriladi.   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-264-son qarori, 1-bandi, 30.05.2022-y.   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-10-son Farmoni, 27.01.2025-y. https://lex.uz/docs/6039685
12 Sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining 30 foizi (biroq 150 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi) hamda qish va bahor oylarida sovitkichli sigʻimlarning elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 632-son qarori, 29.11.2023-y. https://lex.uz/docs/6680539
13 3 yulduzli toifaga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalarning har bir xonasiga 20 million soʻmdan subsidiya ajratiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 287-son qarori, 16.05.2024-y. https://lex.uz/docs/6930272
14 2026-yil 31-dekabrga qadar Chimboy, Xoʻjayli, Beruniy va Nukus tumanlarida quriladigan mehmonxona va kichik otellarning har bir xonasiga 10 milliondan 20 milliongacha subsidiya ajratiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 919-son qarori, 30.12.2024-y. https://lex.uz/docs/6980553
15 2027-yil 1-yanvarga qadar Amudaryo, Ellikqalʼa, Moʻynoq va Taxtakoʻpir tumanlarining togʻli va choʻl hududlarda turizm xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga 80 milliondan 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi.   Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 383-son qarori, 19.06.2025-y. https://lex.uz/docs/7584573
16 Qoraqalpogʻiston Respublikasida qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan sunʼiy intellekt infratuzilmasini yaratish loyihalari boʻyicha investorlarga imtiyoz va preferensiyalar maxsus paketi taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-189-son Farmoni, 22.10.2025-y. https://lex.uz/docs/7789403
17 Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlar markazlarini olis hududlar bilan bogʻlovchi shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo norentabel muntazam avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararning 40 foizgacha miqdori qoplab beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 725-son qarori, 14.11.2025-y. https://lex.uz/docs/7842967
18 Tuzni qayta ishlash uchun tashkil etiladigan “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-333-son qarori, 03.11.2025-y.   https://lex.uz/docs/7812318
19 “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasida yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, mahalliy aholini ishga qabul qilish uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarini tashkil etgan investorlarga oʻqitish bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplab beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-333-son qarori, 03.11.2025-y.   https://lex.uz/docs/7812318
20 Qoraqalpogʻiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda litsenziyaga ega boʻlgan turoperatorlarga 2029-yil 1-yanvarga qadar oʻz ehtiyojlari uchun, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bir kalendar yilda soddalashtirilgan tartibda 5 tagacha boʻlgan transport vositasini sertifikatlashga ruxsat etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-70-son qarori, 21.02.2026-y.   https://lex.uz/uz/docs/8066619
21 Qoraqalpogʻiston Respublikasida turizm va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida maydoni besh ming kvadrat metrdan yuqori boʻlgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari) xizmatlari boʻyicha mazkur hududda faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga 2027-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkalari 90 foizga kamaytirilgan holda qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-70-son qarori, 21.02.2026-y.   https://lex.uz/uz/docs/8066619
22 2028-yil 1-yanvarga qadar: (a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklarining balansida boʻlgan mol-mulk obyektlarini bozor narxida qayta baholab, 10 yil davomida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilinadi; (b) realizatsiya qilingan mol-mulk obyektlari boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq toʻlovlar olti oy ichida toʻliq toʻlanganda shartnoma qiymatining 25 foiziga teng miqdorda chegirmalar beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-70-son qarori, 21.02.2026-y. https://lex.uz/uz/docs/8066619

“Qoraqalpogʻiston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi

Aloqa uchun:
Sanoat yo‘nalishi: +998 (61) 222-74-25
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi: +998 (61) 222-74-21
Turizm yo‘nalishi: +998 (61) 222-74-34